Navoiy viloyatida Vengriya investitsiyasi iştirokida qöşma korxonalar taşkil etiladi. «Dunyo» axborot agentligi xabar berişiça, viloyat hokimi örinbosari Öktam Islomov boşçiligidagi Navoiy viloyati delegatsiyasining Vengriyaga taşrifi davomida bu borada kelişuvlarga erişilgan. 

Vengriya milliy savdo uyida ötkazilgan biznes forumda Navoiy viloyatidagi «Sharq yog’-moy sanoat» MÇJ va Virgin Oil Press Ltd kompaniyalari sovuq press usulida turli moylar işlab çiqariş böyiça qiymati 1 million dollarlik loyihani amalga oşiriş borasida kelişuv imzolandi.

Vengriyadagi yarim fabrikatlar va göşt mahsulotlari, muzlatilgan meva-sabzavotlar işlab çiqaradigan eng yirik Mirelite Mirsa kompaniyasi bilan hamkorlikda Xatirçi tumanida meva-sabzavotlarni çuqur muzlatişga ixtisoslaşgan qiymati 30 million dollarlik loyiha amalga oşiriladi.

Baliqni qayta işlaydigan Metrimpex Co.Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida baliq yetiştiriş, qayta işlaş va qadoqlaş hamda muzlatilgan baliq va baliq filesini eksport qilişga ixtisoslaşgan qöşma korxona taşkil etiş masalasi muhokama qilindi. Bu yönalişda Vengriya investitsiyasi 500 ming yevroni taşkil etadi.

Şuningdek, muzokaralar natijasida Özbekistonga 400 boş Holstein zotli yirik şoxli qoramol keltiriladigan böldi.