Serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç faoliyatida 4-marta Uimbldon musobaqasi ğolibi böldi. 

31 yoşli Jokoviç finalda janubiy afrikalik Kevin Andersonni 6:2, 6:2, 7:6 (7:3) hisobida mağlub eta oldi.  

Anderson va Jokoviç umumiy hisobda özaro 7-marta uçraşişdi. Özaro qarama-qarşilikda serbiyalik tennisçi 6:1 hisobida oldinda bormoqda. 

Bundan avval Jokoviç 2011, 2014, 2015 yillarda ham Uimbldon ğolibi bölgan. Serbiyalik uçun bu Katta dubulğa musobaqalaridagi 13-ğalabasi böldi. U 6 marta Avstraliya oçiq çempionatini, 2 marta US Open’ni, bir marta Roland Garros’ni yutgan.