Kamilla Rahimova reyting orqali asosiy törga yöl olgan bölsa, Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva saralaş bosqiçida uç marta ğalaba qozonib, asosiy tör yöllanmasini qölga kiritdi. Eslatib ötamiz, uçala tennisçi ham ilgari Rossiya şarafini himoya qilgan va sport fuqaroligini özgartirgan.
Törtta nufuzli «Katta Dubulğa» turnirlaridan biri bölgan Uimbldon 29 iyundan 12 iyulgaça Angliyaning London şahrida bölib ötadi. Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi rekord darajadagi 64,2 million funt sterlingni taşkil etadi, bu ötgan yilga nisbatan 20 foizga köp. Erkaklar va ayollar yakkalik bahslari ğoliblarining har biri 3,6 million funt sterling oladi.
Özbekiston tennisçilarining Uimbldon turniridagi eng yaxşi körsatkiçi Denis Istominga tegişli - 2012 yilda 1/8 final.













