Navoiy viloyatiga Vengriya aviakompaniyasi tomonidan parvozlar amalga oşirilişi mumkin. «Dunyo» axborot agentligi xabar berişiça, bu haqda viloyat hokimi örinbosari Öktam Islomov boşçiligidagi Navoiy viloyati delegatsiyasining Vengriyaga safari davomida söz borgan.
Özbekistonning Avstriyadagi elçixonasi kömagida Budapeştda biznes-forum va qator ikki tomonlama uçraşuvlar taşkil etilgan. Delegatsiya Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi prezidenti J. Varadi bilan uçraşgan.
Uçraşuvda Özbekiston delegatsiyasi «Navoiy» xalqaro aeroportining salohiyati va respublikaning turistik imkoniyatlari taqdimotini ötkazgan hamda Budapeşt-Navoiy-Budapeşt aviayönalişini yölga qöyişning iqtisodiy samaradorligi örganib çiqilgan.
Şuningdek, Navoiyda Vengriya bilan hamkorlikda bir neçta qöşma korxonalar taşkil etiş böyiça kelişuvlarga erişilgan.
Wizz Air – Vengriyadagi byudjyet aviakompaniya hisoblanib, ştab-kvartirasi Veçeşeda joylaşgan. Aviakompaniya 2003 yil sentabrida taşkil etilgan, asosan Markaziy Yevropa bozorida faoliyat körsatadi.












