Farğona viloyat Yoşlar ittifoqi, Farğona viloyat iqtisodiy sudi, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda “Yoş tadbirkorlar klubi” taşkil qilindi.
Klubning asosiy maqsadi 18 yoşdan 30 yoşgaça tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan, tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan yoşlarni Farğona viloyatida yoşlar biznesini rivojlantirişda amaliy muloqotini hamda takliflarini rivojlantiriş, va ularning muammolarini yeçimini topişga qaratilgandir.
Uşbu klub a'zolarining bir oyda kamida bir marta ötkaziladigan majlislarida doimiy ravişda viloyat iqtisodiy sudi sudyalari, prokuratura, içki işlar, soliq, raqobat boşqarmasi, Markaziy bank viloyat boş boşqarmasi, davlat xizmatlari agentligi viloyat boşqarmasi, Özbekiston Savdo sanoat palatasi hududiy boşqarmasi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati Özbekiston liberal-demokratik partiyasi, Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi vakillari iştirok etib, yoş tadbirkorlarning faoliyatida huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oşiriş, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflarning yeçimini topişda amaliy yordam beriş yölga qöyiladi.
“Yoş tadbirkorlar klubi”ning birinçi yiğilişi tadbirkorlik va hunarmandçilik rivojlangan Rişton tumanida bölib ötdi. Tadbirda Rişton, Oltiariq, Boğdod tumanlarida faoliyat körsatayotgan yoş tadbirkorlar uçun Özbekiston Yoşlar ittifoqi vakillari, viloyat iqtisodiy sudi sudyalari, prokuratura, içki işlar, soliq boşqarmasi, Davlat xizmatlari markazi, Markaziy bank vakili O.Yuldaşevlar qatnaşib, “Yoşlar kelajagimiz davlat dasturi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida kelib çiqadigan vazifalar, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari, uni taşkil etişning tartib qoidalari, şakllari, davlat röyxatidan ötmasdan tadbirkorlik bilan şuğullanişning salbiy oqibatlari, tadbirkorlik faoliyatida şartnomalar tuziş, şartnoma intizomiga rioya etiş, şartnoma talablarini bajarmaganlikning huquqiy oqibatlari, tölanadigan soliq stavkalari va imtiyozlar, bank operatsiyalarini amalga oşiriş tartiblari, imtiyozli kreditlardan foydalaniş, böş turgan binolarni “nol” xarid qiymatida yoki ijara asosida oliş, tadbirkor va uning xodimlari örtasidagi mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga soliş, tadbirkorlik faoliyati davomida firibgarlarga aldanib qolmaslik kabi mavzularda söz yuritildi.
Tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirayotgan yoş tadbirkorlarning savollari, takliflari va muammolari tinglanib, şu joyning özida asoslantirilgan javoblar berildi.
Farğona viloyat iqtisodiy sudi raisi Tillavoldi Atabayev Rişton tumanida “Klaster” usulida paxta yetiştiriş va uni qayta işlaş bilan şuğullanayotgan tadbirkorning işlab çiqariş sexida uning savollari va örtaga taşlagan masalalari yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berdi.











