«Aholi bandligini ta'minlaş borasidagi işlarni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qilmoqda.

Qarorga köra, qişloq tumanlarida (bundan aholi soni 5 ming kişidan köp bölgan aholi punktlari mustasno) sartaroşxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar böyiça kiyim tikiş xizmatlarini, poyabzal ta'mirlaş xizmatlarini körsatiş böyiça faoliyatni taşkil etgan, şuningdek, jamoat hammomlarini taşkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgaça barça turdagi soliqlar tölaşdan ozod qilindi.