Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy örta ta'lim tizimini isloh qiliş va rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda mamlakatda öqituvçilarga e'tibor susayib ketgani, öqituvçining qadri qolmaganini keskin tanqid qildi.

Yiğilişda prezident öqituvçilik kasbining ijtimoiy mavqeini oşiriş borasida xalqaro ilğor tajribalar va tadqiqotlarga alohida töxtalib, Xitoy Xalq Respublikasida ötkazilgan sörovda 55 foiz aholi farzandi öqituvçi bölişini istaganini ta'kidlab ötdi.

Özbekistonda esa sörovnomada qatnaşganlarning bor-yöği 7 foizi, öqituvçilar orasida esa atigi 3 foiz kişi farzandi öqituvçi bölişni xohlaşini bildirgan.

Yiğilişda öqituvçilik kasbining jamiyatdagi mavqeini oşiriş, ularni iş faoliyatiga tegişli bölmagan işlarga, ya'ni obodonlaştiriş, majlislarda qatnaşiş, obunaga jalb qiliş, uyma-uy yuriş va boşqa tadbirlarga umuman jalb qilmaslik, turli nazorat organlari va hokimlikka tegişli taşkilotlar tomonidan öqituvçilar faoliyatini tekşiriş va örganişlar qat'iy çeklaş topşiriği berilgan.

Şuningdek, öqituvçilarning haq-huquqlarini himoyalaş uçun maxsus huquqiy xizmatni şakllantiriş, ommaviy axborot vositalari orqali öqituvçining obrösini oşirişga qaratilgan ijtimoiy roliklar yaratib, keng tarğibot işlarini olib boriş zarurligi ta'kidlangan.