Özbekistonda öqituvçilarga imtiyozli kreditlar asosida ijtimoiy uylar va avtomaşinalar berilişi kutilmoqda. Şuningdek öqituvçilarning oila a'zolariga yordamçi xöjalik yuritiş uçun qoramol va parrandalar sotib oliş, issiqxonalar, limonariylar kabilarni yaratiş uçun imtiyozli kreditlar beriladi. 

KUN.UZ muxbiri Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning 17 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida ötgan yiğiliş yakunlari töğrisida bergan ma'lumotlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Şuningdek, Özbekistonda öqituvçilarning iş haqi oşiriladi. Gazeta va jurnallarga majburiy obunalar bekor qilinadi. Ortiqça yozuv-çizuvlarga barham beriladi. XTV bilan muvofiqlaştirilmagan tekşiruvlar ötkazilmaydi. Xalq ta'limi tizimi xodimlarining turli tozalaş işlariga jalb qilinişi taqiqlanadi.