Janubiy Koreyaning Jyeju şahrida taekvondo WTF böyiça «Korea Open» reyting musobaqasi bölib ötmoqda. Unda 55 mamlakatdan 1400 nafar sportçi iştirok etmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qömitasi xabar berdi. 

Bahslarda -49kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Madina Mannopova musobaqa davomida Qozoğiston (13:10), Janubiy Koreyaning ikki vakilini (10:1, 11:4) hisoblarida mağlub etdi. Yarim finalda esa vetnamlik taekvondoçiga 8:11 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi va bronza medali bilan kifoyalandi.

-48kg vaznli sportçilar örtasida ötkazilgan bahsda esa Jahongir Xudoyberdiyev ketma-ket uç nafar mezbon sportçini (31:27, 21:1, 19-17) mağlub etdi va finalga yöl oldi. Hal qiluvçi bahsda esa u taylandlik kuçli raqibga mağlub bölib, kumuş medal sohibiga aylandi.

-51kg vazn toifasida musobaqada qatnaşgan Uluğbek Raşitov dastlabki ikki jangida taylandlik raqiblarni (21:8, 19:15) mağlub etdi. Söngra mezbon sportçidan 23:1 hisobida ustun keldi. Hal qiluvçi jangda esa u boşqa bir koreyalik sportçini 31:4 hisobida mağlubiyatga uçratib, oltin medal sohibiga aylandi. Qayd etib ötiş lozimki, Uluğbek Argentinada bölib ötadigan III ösmirlar Olimpiya öyinlarida ham Özbekiston şarafini himoya qiladi.

Musobaqa davom etmoqda. Hali köplab özbekistonlik sportçilar «Korea Open»da sovrinli örinlar uçun kuraş olib boradilar.