Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar korporativ mijozlar uçun xavf solişi mumkin bölgan eng xavfli mobil dasturlar röyxatini tuzişdi. Bu haqda Appthority kompaniyasining tadqiqotida aytilgan. 

Mutaxassislar iOS operatsion tizimida işlovçi qurilmalar uçun eng xavfli dasturlar sifatida WhatsApp va Facebook Messenger messenjerlarini aytişgan. Antireytingning 3-öriniga Waze navigatsion dasturi qöyilgan.

WhatsApp va Facebook dasturlari Android-smartfonlar uçun ham eng xavfli dasturlar deb topilgan. Biroq bu yerda 3-öringa Telegram qöyilgan. Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, Waze va Telegram uşbu reytingga ilk bor kiritilgan.

Facebook va WhatsApp dasturlari 10 balldan 7 ball olgan. Katta ball oliş bu dasturlar korxona bilan boğliq ma'lumotlarni ma'lumotlar serveriga jönatişi mumkinligini yoki xavfsizlik siyosatiga mos kelmasligini anglatadi. Misol uçun, reytingga kiritilgan köplab servislar manzillar kitoblari va SMS-xabarlarni yot serverlarga jönatadi va HTTPS bayonnomasini öçirib qöyadi.

Mutaxassislar, şuningdek, korxonalar ma'lumotlar çiqib ketişi oldini oliş uçun özlari mustaqil ravişda qora röyxatga kiritadigan dasturlar toifasi haqida ma'lum qilişgan. Bunday taqiqlovga köpinça messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar mijozlari va onlayn-tanişuvlar uçun servislar tuşadi.