Qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkaziş böyiça Adliya vazirligi tomonidan har hafta “Adliya axboroti” nomli brifing ötkazib kelinmoqda. Şunga köra, uşbu hafta davomida qabul qilingan bir qator muhim qonun hujjatlari yuzasidan aholiga ma'lumot beriş maqsadida 2018 yilning 20 iyul kuni navbatdagi “Adliya axboroti” brifingi taşkil etildi. 

Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, tadbirda Özbekiston Respublikasi prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş va sud hokimiyati organlariga işonçni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni, “2018 yilda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar va şaharlarda arzon köp kvartirali uylar quriş dasturlarini amalga oşiriş mexanizmlarini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori kabi qator qonun hujjatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. 

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Brifingdan söng OAV uçun Özbekiston Respublikasi prezidentining “Aholi bandligini ta'minlaş borasidagi işlarni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida nazarda  tutilgan muhim yangiliklarni tuşuntiriş uçun soha mutaxassislari iştirokida matbuot anjumani ham taşkil etildi.

Anjumanda bildirilişiça, qarorga muvofiq, Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasiga 2018 yilda 150 milliard söm ajratiş, 2019 yildan boşlab esa byudjyet parametrlarida 300 milliard sömdan kam bölmagan miqdorda qöşimça mablağlar ajratişni nazarda tutiş belgilandi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Şu bilan birga, OAV va keng jamoatçilikka mamlakatda investitsion muhitni yanada yaxşilaş, töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qilişni rağbatlantiriş, mazkur yönalişda davlat siyosatining izçilligiga investorlarning işonçini mustahkamlaş maqsadida Adliya vazirligi Boş prokuratura bilan birgalikda tayyorlangan investitsion muhitni tubdan yaxşilaşga qaratilgan Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoni loyihasi haqida ham tuşuntirişlar berildi.