Germaniya kansleri Angela Merkel payşanba kuni Berlinda ötkazilgan matbuot konferensiyasida Yevropa – AQŞ munosabatlari haqida gapirib ötdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Siyosatçining ta'kidlaşiça, u bir yil oldin Yevropa bundan buyoğiga dunyodagi tartibni saqlab turiş vazifasini AQŞga topşirib qöya olmasligini aytib, haq fikrni bildirgan edi. Uning fikriça, endi Yevropa öziga taalluqli masalalarni hal qilişni öz qöliga olişi kerak.

«Biz Qöşma Ştatlarning öta yirik qudratiga işonib qola olmaymiz», - deb aytdi Merkel.

Germaniya kansleri AQŞning avtomobillar importiga boj joriy etişi mumkinligini «dunyodagi köplab insonlarning farovonligiga haqiqiy tahdid» deya baholagan.

Keng miqyosdagi matbuot konferensiyasida Merkel Germaniyaning okeanorti mamlakatlari bilan munosabatlari, xususan AQŞ bilan aloqalarni takomillaştiriş yölidan borişini ma'lum qilgan.

64 yoşli siyosatçi AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiya yetakçisi Vladimir Putinni Vaşingtonga taklif etganini olqişlaşini ma'lum qilib, endilikda AQŞ va Rossiya prezidentlarining tez-tez uçraşib turişi yana doimiy holga aylanişi kerakligini ta'kidladi.