Rossiya Federal xavfsizlik xizmati gipertovuşli qurolni işlab çiqiş böyiça ma'lumotlar sizib çiqqani tufayli davlatga xiyonat böyiça işni suriştiruvdan ötkazmoqda.

«Kommersant» naşri ma'lumotlariga köra, iş doirasida juma, 20 iyul kuni ertalab Moskva oblastining Korolev şahrida Markaziy maşinasozlik ilmiy-tadqiqot institutida tintuvlar boşlangan. Şuningdek, Birlaşgan raketa-kosmik korporatsiyasi tadqiqot-tahlil markazi direktori Dmitriy Paysonning Moskvadagi ofisida ham tintuvlar röy berdi.

Naşr manbasi xabariga köra, tergovning fikriça, ma'lumotlar Dmitriy Payson qalin aloqada bölgan, Markaziy maşinasozlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tufayli sizib çiqqan.

Markaziy maşinasozlik ilmiy-tadqiqot instituti va Birlaşgan raketa-kosmik korporatsiyasi «Roskosmos» tarkibiga kiradi. Gipertovuşli loyihalar bilan «Taktik raketa qurollari» korporatsiyasi şuğullanadi, u «Roskosmos»ga kirmaydi.