Suriya taşqi işlar vaziri Valid Muallim va qisman tan olingan Janubiy Osetiya respublikasi taşqi işlar vaziri Dmitriy Medov ikki mamlakat örtasida diplomatik aloqalar örnatilgani haqidagi kelişuvni imzoladi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xabar bermoqda.
Ikki mamlakat vazirlari örtasidagi muloqot Janubiy Osetiya delegatsiyasining Suriyaga taşrifi çoğida bölib ötgan.
Xabarda ta'kidlanişiça, uçraşuv paytida vazirlar bir qator sohalardagi ikki tomonlama aloqalar haqida muzokaralar olib borgan va bir qator sohalarda ikki tomonlama manfaatli şartnomalar imzolangan.
Avvalroq, Gruziyaning Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar berilgan edi. Gruzinlarning bunday qarorga kelişiga Suriya tomonidan Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalarining tan olinişi sabab bölgandi.







