Buyuk Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan qöşma bayonotda Rossiyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi davom etayotgan harbiy iştiroki xalqaro huquq normalari hamda 2008-yil 12-avgustda imzolangan olti bandli tinçlik kelişuvi böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlariga zid ekani ta’kidlangan.

Hujjat mualliflari Rossiya tomonidan Gurjistonning mazkur hududlarini harbiylaştiriş mamlakat xavfsizligiga, şuningdek, mintaqaviy va Yevropa barqarorligiga jiddiy tahdid solayotganini qayd etdi.

Bayonotda aytilişiça, Rossiya 2026-yil 9-may kuni Janubiy Osetiyaning de-fakto rahbariyati bilan «ittifoqçilik va integratsiyani çuqurlaştiriş töğrisidagi kelişuv»ni imzolaş orqali Gurjistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini yanada buzgan.

Şuningdek, Rossiya fuqarosining Janubiy Osetiya rahbari etib tayinlanişi mintaqa töliq anneksiya qilinişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuçaytirgani ta’kidlangan. Bayonot mualliflari bunday harakatlar javobsiz qolmasligini bildirgan.

Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya Gurjistonning xalqaro miqyosda tan olingan çegaralari doirasidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini töliq qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqladi.

Şu bilan birga, ular Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan diplomatik munosabatlar örnatgan davlatlarni Nauru Respublikasi misoliga ergaşib, uşbu hududlarning «mustaqilligi»ni tan oliş qarorini qayta körib çiqişga çaqirdi. Bayonotda Nauru öz vaqtida mazkur qarorni bekor qilgani qayd etilgan.