Bugun, 22 iyul kuni Ukraina çempionatining yangi mavsumi start oladi. Yangi mavsumda turnirdagi jamoalar soni 12taga qisqartirilgan. Bu mavsumda ham asosiy favoritlar Donetskning «Şaxtyor» va Kiyevning «Dinamo» jamoalari bölişi kutilmoqda.
Ukraina çempionatining 22-mavsumi ikki bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiçda 12 jamoa ikki davrali turnir ötkazadi, uning yakunlariga köra yuqoridagi 6 örinda bölgan jamoa medallar uçun kuraşni davom ettiradi, qolgan 6 jamoa ligada qoliş uçun kuraş olib borişadi.
«Şaxtyor» va «Dinamo»dan taşqari, turnirda Poltavaning «Vorskla», Luganskning «Zarya», «Mariupol», «Aleksandriya», Lvovning «Karpati» va Donetskning «Olimpik» klublari iştirok etadi. Ötgan mavsumda Lvov şarafini himoya qilgan «Vares» jamoasi bu mavsumda «Lvov» FK nomi ostida öynaydi. Şuningdek, elitada Odessaning «Çernomorets» klubi jon saqlab qolgan. Ötiş turnirida «Poltava»ga yengilgan «Moryaki» klubi raqib jamoa elitada qatnaşişdan voz keçgani uçun yuqori ligada qatnaşadi.
Birinçi ligadan yana ikki jamoa - «Arsenal-Kiyev» va Çernigovning «Desna» klubi premer-ligaga çiqqan. Kiyevliklar elitaga oradan 4 yil ötib qaytmoqda. Çernigovliklar uçun esa bu mavsum debyut mavsumdir.
«Şaxtyor» va «Dinamo» şanba kuni Ukraina Superkubogida maydonga tuşib, yangi mavsumni amalda oçib berişgandi. Bu öyin birinçin bölimda Vitaliya Buyalskiy tomonidan urilgan yagona gol evaziga kiyevliklar jamoasi ğalabasi bilan tugadi.









