«Şaxtyor» jamoasi boş murabbiyi Paulu Fonseka va uning yordamçilari Ukraina  çempionatining 19-turida «Zarya»ga qarşi keçgan va 1:2 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan uçraşuvdan keyin hakamga taşlanişdi.

Mutaxassislar öyinni boşqarib borgan hakam Sergey Boykoning qarorlaridan qattiq norozi bölişgan. Öyin vaqtida hakam «Şaxtyor» futbolçilariga 3 marta qizil kartoçka körsatdi va bir marta penalti belgiladi.

Murabbiylar va hakamlarni futbolçilar hamda xavfsizlik xizmati xodimlari ajratib qöyişgan.

«Şaxtyor» öyinning 90-daqiqasigaça 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Şu vaqtgaça Fonseka şogirdlari 8 kişi bölib harakatlanişayotgandi. Qöşimça daqiqalarda mehmonlar ikkita gol ötkazişdi, şundan bittasi penaltidan urildi.

«Şaxtyor» bu natijadan keyin ham 42 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda, «Zarya» 27 oçko bilan törtinçi örinda joylaşgan.