Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani tug‘uruqxonaning o‘zida rasmiylashtirish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani FHDYoda emas, balki tug‘uruqxonaning o‘zida rasmiylashtirish tartibini joriy etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Ma'lumki, hozirgi kunda tug‘uruqxonalarda tug‘ilgan chaqaloqlarni qayd etish guvohnomalarini olish birmuncha qiyinchiliklar va ovoragarchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Chunonchi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun tug‘uruqxonadan tegishli ma'lumotnomani olib bir qancha yo‘l bosib, tuman FHDYo bo‘limiga borishga to‘g‘ri keladi. U yerda darrov tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qo‘lga kiritish amri mahol, deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, soat 9:00da ish boshlaydigan FHDYo bo‘limida soat 7:00 dan boshlab tumonat odamlar navbatda turadi. Navbat yetib, 3-4 soat deganda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qo‘lga kiritasiz. Keyin esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani tug‘uruqxonaga olib borishga to‘g‘ri keladi. Aks holda tug‘uruqxonadan yangi tug‘ilgan bola va onasiga uyiga ketish uchun ruxsat berilmaydi. Shu sababli amaldagi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani berish tizimini takomillashtirish kerak.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani FHDYo bo‘limida emas, balki tug‘uruqxonaning o‘zida rasmiylashtirishni taklif qilamiz. Mazkur taklifning amalga oshirilishi fuqarolarga ko‘plab qulayliklar yaratilishiga olib keladi”, - deyiladi murojaat matnida.
Mavzuga oid
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
13:40 / 25.06.2024