Bugun dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya qoidalarini qonunçilikka tatbiq etiş, bolaning şaxsi, şa'ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etişdan iboratdir. Özbekistonda ham mazkur institutni joriy etiş masalasi körib çiqilmoqda, deb yozadi “Xalq sözi”.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda taşkil etgan davra suhbatida bu haqda batafsil söz yuritildi. Unda YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Afşan Xon iştirok etdi.

Mamlakat aholisining 30 foizi yoki 10 milliondan ortiğini aynan yoşlar va bolalar taşkil etadi. Şu bois xalqaro ekspertlar bu haqda töxtalganda, “Özbekiston yoş, mustaqil va dinamik tarzda rivojlanayotgan davlat” ekaniga alohida urğu beradi. Bu esa, öz navbatida, bolalar va yoşlarning jismoniy, intellektual hamda ma'naviy-axloqiy rivojlanişini yuqori darajada ta'minlaşga qaratilgan tadbirlarni amalga oşirişni davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylantirmoqda.
 
“Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Bolalar va yoşlar huquqlari böyiça vakil töğrisida”gi qonun loyihasi hamda yangi tahrirdagi “Ta'lim töğrisida”gi qonun loyihasi taqdimoti soha mutaxassislari va xalqaro ekspertlarni özaro muhokamaga çorladi. 

— Bugun Özbekistonda bolalikni himoya qiliş milliy tajribasi Konstitutsiya, kodekslar, “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi, “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi kabi 100 dan ortiq qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarda aksini topgan, — dedi öz çiqişida qömita raisi Akmal Saidov. — Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iş boşlaydigan Bolalar va yoşlar huquqlari böyiça vakil sohada davlat organlari va mansabdor şaxslar faoliyati ustidan jamoatçilik nazorati hamda jamoatçilik boşqaruvini rivojlantiradi. Bolalar va yoşlarning murojaatlari bilan işlaşning yangi şakl va tartiblarini işlab çiqadi. Jamiyatning eng yoş fuqarolari bilan muloqot qiliş, ularning muammolarini hal etişda amaliy yordam körsatiş ham uning mas'uliyatidagi vazifalardan. Yangi qonun yoş avlod huquqlarini himoya qilişning mukammal milliy tizimini yaratadi.