“Pensilvaniyaning «Slippery Rock» universitetini tanlaşga qaror qildim. Çunki u yerda men özim xohlagan yönaliş - kiberxavfsizlik sohasida tahsil olişim mumkin”- deydi 12 ta xorijiy oliygohga bir vaqtda öqişga kirgan Diyorbek Jörayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.

Diyorbekning sözlariga köra, xorijiy universitetlarga öqişga kiriş uçun ma'lum bir sohadagi bilim darajasini körsatuvçi xalqaro sertifikatlar (TOEFL, SAT) bilan bir qatorda, inşo yoziş va öşa oliygoh professorlarining suhbatidan ötiş talab etilgan. Litseydagi öqiş mobaynida erişilgan a'lo baho ham muhim rol öynagan.
«Ingliz tilini biliş töğrisidagi sertifikatlar oliygohda bepul ta'lim huquqini yutib oliş uçun birlamçi bölmadi. Tanlagan soham kiberxavfsizlik, kompyuter va informatsion texnologiyalar bölganligi sababli matematika fanidan bilimlar ham kerak böldi.» – deydi suhbatdoş.

Ma'lum bölişiça, Diyorbek ötgan yili Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti imtihonlaridan ötgan va öqişga qabul qilingan. Lekin kiberxavfsizlik sohasiga bölgan kuçli qiziqiş uni Amerika universitetlari eşigini qoqişga undagan.

Ma'lumot uçun, «International house» akademik litseyi bitiruvçisi 12ta universitetning barçasiga grant asosida öqişga qabul qilingan. «Slippery Rock» universiteti berayotgan grantning amal qilişi talabaning fanlarni qay darajada özlaştirişiga qarab belgilanadi.
Youtube'da köriş
Mover.uz'da köriş






