Eron taşqi siyosat idorasi rahbari Muhammad Javod Zarif Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning Tehronga qarata aytgan sözlari böyiça öz izohini berdi. U bu haqda tvitterdagi sahifasida yozgan.
Zarifning sözlariga köra, erondagilar 40 yildan beri turli tahdidlarni eşitib keladi, ularning avvalgilari «ança madaniyatli» körinişda edi.
«Taassurot uyğotmadi. Jahon bundan ham keskin asossiz tahdidlarni eşitgan», - deya ma'lum qildi Zarif.
Uning qöşimça qilişiça, Eron xalqi ming yillardan beri bor va yoşi ba'zi davlatlardan ham katta bölgan imperiyalar qulaşiga guvoh bölgan.
«Ehtiyot böling», - deya xulosa qilgan Zarif.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Eronni ogohlantirgani xabar berilgandi.









