Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, telefon muloqoti çoğida Rossiya rahbari Özbekiston prezidentini tuğilgan kuni bilan «samimiy qutlagan». Putin bundan avval Mirziyoyevga tabrik telegrammasini yuborgani aytiladi.
Şavkat Mirziyoyev, öz navbatida, Rossiyada bölib ötgan futbol böyiça jahon çempionatiga yuqori baho berdi.
«Rossiya prezidentining Özbekistonga 2018 yil kuz oylariga rejalaştirilgan davlat taşrifiga tayyorgarlik köriş doirasida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari böyiça fikr almaşildi», - deyiladi xabarda.
Şuningdek, har ikki yetakçi xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Eslatib ötamiz, avvalroq Aleksandr Lukaşenko Şavkat Mirziyoyevni tabriklagani xabar qilingandi.












