Gretsiya janubi-şarqidagi örmon yonğinlari oqibatida halok bölganlar soni 74 kişiga yetdi. 160 dan ortiq odam turli jarohatlar olgan. Yana bir neça kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda.
Qurbonlar orasida boolalar ham bor. Qurbonlar soni köproq bölişi mumkin, çunki öt öçiriş xizmatiga öz yaqinlarini qidirayotgan odamlardan qönğiroqlar kelib tuşmoqda.
Mamlakatda bir kun içida bir vaqtning özida 15 ta yonğin öçoği hosil bölgandan söng favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan. Hukumatda yonğinlar ataylab uyuştirilgan bölişi mumkinligi istisno qilinmayapti. Gretsiyalik qutqaruvçilar amerikalik harbiylardan Gretsiya havo hududidagi istalgan şubhali harakatlar ortidan kuzatişni iltimos qilişgan. Yonğinlarni öçirişda 600 dan köproq öt öçiruvçi va 300 ta texnika iştirok etmoqda.












