Tojikistonning «Amonatbank» davlat omonat banki va Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uşbu kreditlarni beriş böyiça barça şartlarni muhokama qildi, deya xabar tarqatdi «ASIA-Plus».

«Savdoni moliyalaştiriş böyiça yakuniy hujjat kelgusi kunlarda imzolanadi», - dedi «Amonatbank» rahbari Ruxullo Hakimzoda 24 iyul kuni Duşanbeda bölib ötgan matbuot anjumanida. 

Uning sözlariga köra, «Amonatbank» orqali özbek tovarlari va mahsulotlarini import qiluvçilarga 33 million dollardan ortiq mablağ ajratilmoqda.

Hukimzoda sözlariga köra, hujjat imzolaganidan söng özbek tovarlarini mamlakatga import qilişni istagan tojikistonlik importçilar 1 million dollarga teng imtiyozli kreditlar olişi mumkin.

Kreditlar beriş mexanizmi quyidagiça: Özbekiston banki Özbekiston işlab çiqaruvçilariga pul mablağlari beradi, ularning hisobidan tojikistonlik importçilar tovarlarni oladi. Bu jarayonda «Amonatbank» kafil sifatida çiqadi, ya'ni tojik kompaniyalariga kafolat maktubini taqdim etadi, ular bilan Özbekistonda tovarni oliş mumkin. Keyinçalik tojik yetkazib beruvçilari «Amonatbank»ga kreditni somoniyda tölaydi, u esa, öz navbatida, pullarni valyutaga konvertatsiya qiladi va Özbekiston bankiga qaytaradi.

«Amonatbank» rahbarining ta'kidlaşiça, Özbekiston kreditlari bir yildan uç yilgaça bölgan muddatga beriladi. Ya'ni, agar yetkazib beruvçi xalq iste'moli tovarlari olib kirişni xohlasa - 1 yilgaça, agar uskunalar bölsa - 3 yilgaça.

«Kreditlar uçun foiz stavkasi yiliga 8 foizni taşkil etadi, agar kredit muddati 1 yil bölsa. Agar muddat bir yildan oşsa, bu raqam yiliga 9% böladi», - dedi u. 

Hakimzoda ta'kidlaşiça, mazkur bankda har bir şartnoma böyiça akkreditivlarni bir million dollargaça oçiş mumkin.

Joriy yilning mart oyida «Amonatbank» va Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Esxat banki» va «Asaka» banki, şuningdek, «Oriyonbank» hamda «Özsanoatqurilişbank» örtasida savdoni moliyalaştiriş böyiça bitimlar imzolandi.

Uşbu kelişuvlarga ikki hukumat örtasida imzolangan moliyaviy hamkorlik töğrisidagi bitim doirasida banklar örtasida erişildi.

Hujjat yuqorida qayd etilgan banklar tomonidan umumiy qiymati 100 million AQŞ dollarini taşkil etuvçi maxsus kredit liniyalari oçilişini nazarda tutadi.