Yaqinda Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari «Istanbul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro O.R.ga tegishli bo‘lgan yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.
Ushbu shaxs bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, va deklaratsiyalanmagan «Preo RQ77 Smart drone» rusumli uchuvchisiz uchish apparatini O‘zbekistonga «yashil» yo‘lak orqali yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan ekan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.











