Qişloq joylarda xotin-qizlarni iş bilan ta'minlaş, ularni tadbirkorlikka jalb etiş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Şu bois Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni qöllab quvvatlaş hamda oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5325-sonli farmoni qabul qilingan.

Mazkur hujjatda xotin-qizlarning bandligini ta'minlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, xotin-qizlarni, ayniqsa, qişloq joylardagi yoş qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandçilikka keng jalb etiş masalalarida har tomonlama manzilli qöllab-quvvatlaş ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Buxoroning Jondor tumanida ana şunday xayrli işga qöl urildi. Çunonçi, viloyatning iş bilan ta'minlanmagan ayollar qatlami yuqori bölgan çekka hududlarida tikuv sexlari oçiş orqali yangi iş örinlari yaratiş istagi bilan çiqqan tadbirkorlar öz takliflarini bildirib, «Tadbirkor ayol» Özbekiston işbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bölinmasi bilan hamkorlikda biznes rejalar tuzişlariga kömaklaşildi.
Jondor tumanidagi sobiq dehqon xöjaligi idorasi tubdan ta'mirlandi, «Alipahlavon» MÇJga foydalaniş uçun hujjatlaştirib berildi.
— Binoning özida kamida 50 ta iş örinlari yaratilayotgani, kasanaçilik orqali mehnatga yana 20 nafar ayol jalb etilayotganini inobatga olib, korxonaga 250 mln. sömgaça imtiyozli kredit mablağlari ajratilişida amaliy yordam körsatildi va uşbu tikuv sexi, körpa töşak tikiş, gözallik saloni hamda kutubxonadan iborat majmua barpo etilib işga tuşirildi, — deydi biz bilan suhbatda Buxoro viloyat hokimi örinbosari, viloyat xotin-qizlar qumitasi raisi Feruza Ibragimova.
Şuningdek, uşbu majmuada notinç, oğir ijtimoiy ahvoldagi oilalarning 5 yoşgaça bölgan farzandlariga ta'lim va tarbiya beradigan kiçik guruh taşkil qilinib, tuman pedagogika kasb-hunar kolleji bitiruvçilari hamda nafaqaga çiqqan öqituvçilar iş bilan ta'minlandi, ular bilan MÇJ rahbari Gulnora Rahmatova şartnoma tuzib, mehnat daftarçalari rasmiylaştirildi.
Majmuaning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari, respublika xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva, Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev sözga çiqişdi va Prezident farmonida tilga olingan bunday taşabbuslarni olqişlaşdi.



















