Birlaşgan Millatlar taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş taşkilotning moliyaviy ahvoli yomonlaşib borayotgani yuzasidan barça xodimlarini ogohlantirdi.
Reuters tanişib çiqqan xatda, Boş kotib taşkilotga a'zo davlatlarni imkon qadar tezkorlik bilan BMT oldidagi moliyaviy majburiyatini bajarişga çaqirgan.
Ma'lum qilinişiça, BMT ayni paytda 139 million dollar byudjyet defitsitini boşdan keçirmoqda va «yuzaga kelgan vaziyat yil boşida paydo bölmagan».
Rasmiy xabarga köra, taşkilot byudjyetini şakllantirişda iştirok etuvçi 193ta a'zo davlatlardan faqat 112tasi öz majburiyatini bajargan. BMT xarajatlarining 22 foizini qoplab beradigan AQŞ esa byudjyet davrini vaj qilib körsatib, tölovlarni keyinroq bajarişini bildirmoqda.








