Rossiya bozorida taklif etilayotgan Ravon’ning törtta modelidan uçtasi qimmatlaşdi, deb yozmoqda «Rossiyskaya gazeta».

GM Uzbekistan vakolatxonasi R2 hetçbeki va Nexia sedaniga narxni 50 ming rublga (taxminan 790 dollar), Gentra sedaniga - 20 ming rublga (taxminan 310 AQŞ dollari) oşirdi. Yana bir model - R4 - hozirça avvalgi bahoda taklif qilinmoqda.

Avtomatik transmissiyaga ega eng arzon avtomaşina sifatida baholanuvçi Ravon R2 hetçbeki endi kamida 489 ming rublga ($7,700) sotilmoqda. Maşina top darajadagi komplektatsiyada 559 ming rubl ($8,800) qiymatida baholanmoqda.

Nexia’ni 499 000 - 599 000 rublga (7,9 ming - 9,5 ming dollar), R4’ni 529 000 - 659 000 ming rublga (8,4 ming - 10,4 ming dollar), Gentra’ni esa 569 000 - 699 000 ming rublga (9 ming - 11 ming dollar) xarid qiliş mumkin.

Mart oyida Rossiyada Ravon’ning barça avtomobillar qatori uçun narxlar 10- 30 ming rublga kötarilgandi.