“MTS” kompaniyasi Turkmanistondagi filiali “MTS Turkmenistan” öz faoliyatini töxtatişga majbur bölgandan keyin Jahon banki qoşidagi Investitsiyaviy bahslarni hal qiliş böyiça xalqaro markazga arz qildi.
MTS xabarida aytilişiça, mobil operator faoliyatini töxtaşidan körgan umumiy ziyoni hali oxirigaça belgilanmagan, biroq dastlabki hisob-kitoblarga köra kamida 750 mln dollarga baholanmoqda.
“MTS Turkmenistan” 2017 yil 29 sentabrdan Turkmanistondagi mijozlariga uyali aloqa xizmatlarini körsatişdan töxtagan.
“MTS” Turkmaniston davlati uning xorijiy sarmoyaçi sifatidagi huquqini buzgan deb hisoblamoqda. Bu natijada “MTS”ning Turkmanistondagi investitsiyalaridan töliq mahrum bölişiga olib kelgan”, deb ma'lum qilgan kompaniya.
“MTS” Turkmaniston bilan ziddiyatlar hal qilinmagani sababli xalqaro taşkilotga murojaat qilişga majbur bölgan.
Kompaniya Turkmanistonda 2006 yildan işlaşni boşlagan va 2010 yilgaça mobil aloqa sohasida deyarli monopolçi bölgan hamda 2,5 mln mijozga xizmat körsatgan. Bu orada milliy operator “Altin Asir” bor-yöği 0,5 mln mijozga xizmat körsatgan.
2017 yil sentabrda “Turkmentelekom” “MTS” bilan hamkorlik şartnomasini uzaytirmagan va bu xalqaro va şaharlararo aloqa hamda internetga kiriş xizmatlarining öçirilişiga olib kelgan.
2017 yil yakunlariga köra, “MTS” Turkmanistondagi aktivlari qadrsizlanişidan 3,2 mlrd rubllik zarar körgan.








