Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorolik Sadoqat Nyu-York politsiyasiga ishga kirdi
Kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan qiz AQSh politsiyasi safida xizmat qilmoqda. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, buxorolik Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009 yilda ko‘chib kelgan. U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng yaqinda Nyu-York politsiya akademiyasiga kirdi va olti oylik kursni bitirib, politsiya xizmatiga ishga qabul qilindi. U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tamoqda.
Uning bobosi va buvisi Sadoqat Nyu-York shahri osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shishidan xursand ekanliklarini bildirishdi.
Ma'lumot berilishicha, Nyu-York tinchligini 36 ming nafar politsiyachi qo‘riqlaydi.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
14:01 / 25.06.2026
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026