Buxoro neftni qayta işlaş zavodiga qaraşli neft saqlaş omborida röy bergan yonğin oqibatida uç kişi jarohatlangan.
FVV xabariga köra, 15-sentabr kuni soat 10:30 da 112 tizimidan Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, «Çölquvar» MFY hududida joylaşgan Qorovulbozor neft mahsulotlarini saqlaş omboridagi siğim (rezervuar)lardan birida yonğin sodir bölgani töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan tezkorlik bilan qutqaruv bölinmalari hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 11:18 da öçirildi. Yonğinni bartaraf etişga 14 ta qutqaruv bölinmasi jalb etildi.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, ombordagi yoqilği siğimi (rezervuar) yonib zararlangan. Yonğin oqibatida 3 kişi turli darajadagi kuyiş tan jarohatlari olib Qoraköl tumani tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Viloyat FVB, IIB, SSB rahbariyati va hamkor xizmat xodimlari voqea joyiga çiqqan.

















