2014 yilda Hind okeani ustida yöqolib qolgan Kuala-Lumpurdan Pekinga MN370 reysi bilan parvoz qilgan Malayziya havo yöllariga qaraşli samolyot yönalişi rejadan taşqari holda özgartirilişi uçuvçilar tomonidan amalga oşirilgan, deyiladi samolyot yöqolib qolişi böyiça suriştiruv ötkazayotgan komissiya rasmiy hisobotida.

Duşanba kuni Kuala-Lumpurda MN370 reysining yöqolib qolişi böyiça suriştiruv ötkazayotgan Malayziya davlat komissiyasi rahbari doktor Kok Su Çon hisobot bilan taniştirdi.

"Örganiş davomida Hind okeani tomonga rejadan taşqari buriliş qölda amalga oşirilgan. Bu vaqtda samolyot avtopiloti öçirilgan holatda bölgan. Örganişda iştirok etgan barça şu fikrda", — dedi u.

Doktor Kok Su Çonning aytişiça, komissiya "layner parvoziga taşqaridan aralaşuv bölganligi ehtimolini inkor qilmaydi" va samolyotning Hind okeani tomonga burilib ketişi "uning texnik holati yoki bort tizimidagi kamçiliklar sababli yuz bermaganligiga" işonçi komil.