Sömda hisobvaraq oçişi mumkin bölgan xorijiy kompaniyalar röyxati kengaytirildi. Bu haqda Markaziy bank boşqaruvining qarorida aytiladi.
Hujjat bilan banklar tomonidan norezidentlarning Özbekiston Respublikasi milliy valyutasida hisobvaraqlarni yuritiş tartibiga özgartirişlar kiritilgan.
Ilgari faqat uç toifadagilar bunday hisobvaraqlarni oçişi mumkin edi:
• mamlakatdagi xorijiy diplomatik va boşqa rasmiy vakolatxonalar;
• xalqaro taşkilotlar va immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanuvçi ularning filiallari;
• tijorat faoliyati bilan şuğullanmaydigan xorijiy taşkilotlarning vakolatxonalari.
Endilikda ularga tovar-xomaşyo birjalari oçiq elektron savdolarida iştirok etadigan kompaniyalar qöşildi. Uşbu hisobvaraqlarga birjada mahsulot sotişdan tuşgan mablağlar qöyilişi mumkin, egalari esa ulardan çet el valyutasini sotib olişlari yoki ularni tovar-xomaşyo birjalari hisob-kliring palatalarida oçilgan hisoblarga avval ötkazişlari mumkin.












