1 dollar ≠ 1 söm ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
|00:51 / 28.05.202620 34717 min
“Dollar mustahkamlandi”, “rubl quladi”, “söm qadrsizlandi” kabi jumlalar tez-tez quloqqa çalinadi. Nega ayrim davlatlarning puli juda qadrli, boşqalariniki esa qadrsiz? Valuta kursining kötarilişi yoki pasayişi nimalarga boğliq? Kursni oldindan prognoz qiliş mumkinmi? Hamma bitta valutadan foydalansa bölmaydimi?
Valuta kursi şunçaki Markaziy bank yoki ayirboşlaş şoxobçasida kunlik yangilab boriladigan raqam emas. Bu qaysidir ma’noda iqtisodiyotning oynasi va mamlakatga bölgan işonç körsatkiçidir. Masalan, söm kursining dollar yoki rublga nisbatan özgarişi bevosita va bilvosita narxlarga, taşqi savdoga, inflatsiyaga, umuman butun iqtisodiyotga ta’sir qiladi.
Xöş, valuta kursining kötarilişi yoki pasayişi nimalarga boğliq? Kursni oldindan prognoz qiliş mumkinmi?
Kun.uz “Sodda iqtisodiyot” ruknida şu kabi savollarga oddiy tilda javob beradi.
Nega dollar sömdan qadrli?
Germaniyada iş bilan yuribsiz. Kundalik xarajatlar uçun pul kerak. Çöntagingizdagi 100 dollarni maydalamoqçi bölganingizda uning qiymati taxminan 85 yevroga teng ekaniga guvoh bölasiz. Keyin Viyetnamga sayohatga bordingiz: 100 dollar 2 mln 635 ming dongga teng ekan. Şunda öz-özidan savol paydo böladi: nimaga 1 dollar 1 söm yoki 1 rubldan bir neça barobar qimmatroq, yevro yoki funt sterlingga nisbatan esa arzonroq?
Valuta bozori ham iqtisodiyotdagi talab va taklif qonuniyatlari asosida işlaydi. Agar sömni dollarga almaştirmoqçi bölganlar soni köpayib ketsa, dollar kursi oşadi. Aksinça, dollarni sotmoqçi bölganlar köpaysa, söm mustahkamlanadi. Odatda kuçli iqtisodiyotlarga ega davlatlar, masalan AQŞ valutasiga global bozorda kuçli talab böladi, bu esa uning qadri tuşib ketmasligini ta’minlaydi.
Agar valuta kursi iqtisodiyotning yuzi bölsa, unda nima uçun 1 AQŞ dollari qöşni davlatlarda, masalan Qirğizistonda taqriban 87 som atrofida, Qozoğistonda 460 tenge atrofida turadi-yu, Özbekistonda uning qiymati 12 000 sömdan ham oşib ketgan? Nahotki Özbekiston iqtisodiyoti uşbu mamlakatlar iqtisodiyotidan minglab barobar kuçsizroq bölsa? Yöq, bunday emas. Valutaning “nominal qiymati” bilan uning “real makroiqtisodiy qobiliyati”ni bir-biridan qat’iy farqlaş zarur. Köp holatlarda valuta kupyurasining yuzidagi nollar soni uning qançalik kuçsiz ekanligini anglatmaydi, balki uşbu mamlakatning ötmişda oğir inflatsiya davridan ötgani yoki Markaziy bank tomonidan nollarni texnik olib taşlaş islohoti – denominatsiya qilingan-qilinmaganini körsatuvçi belgilardan biridir.
Mavzuga oid
Özbek banknotalarida nollar sonining köpligi ham yuqoridagi omillar bilan boğliq. Özbekiston 1991 yilda mustaqillikka erişgaç, ma’lum muddat sobiq ittifoqning yagona “rubl zonasi”da qolib ketdi. Buning eng katta fojiasi şunda böldiki, pul emissiyasi, ya’ni yangi qoğoz pullarni bosib çiqariş ustidan nazorat mutlaqo Özbekiston hukumati qölida emasdi. Rossiya va boşqa markazlar tomonidan amalga oşirilgan boşboşdoq emissiya tufayli sobiq ittifoq respublikalari hududiga qadrsiz qoğoz pullar yopirilib kira boşlaydi. Rubl zonasida böliş pul massasini nazorat qiliş imkonini bermaydi.
Şu bilan birga, ittifoq davrida şakllangan yagona xöjalik va ta’minot aloqalarining birdaniga uzilişi bozorlarda tovarlarning ötkir tanqisligini yuzaga keltiradi. Ortiqça çiqarilgan pul va tovarlarning yöqligi giperinflatsiyaga, ya’ni narxlarning kundan kunga qimmatlaşib borişiga olib keladi.
Monetar qaramlikdan qutuliş uçun 1994 yildan boşlab milliy valuta – söm muomalaga kiritildi. Bu tarixiy qadam mamlakatga pul-kredit siyosatini töliq, mustaqil ravişda öz nazoratiga oliş imkonini bergan bölsa-da, keyingi yillarda ham yuqori inflatsiyaning saqlanib qolişi qiymat jihatdan sömning ham dollarga nisbatan qadrsizlanib borişiga zamin yaratdi. Masalan, söm muomalaga kiritilgan kunda valuta birjasida 1 dollarning qiymati roppa-rosa 7 sömga teng bölgan. Keyinçalik mamlakatdagi asosiy eksport tovarlari narxining jahon bozorida tuşib ketişi va içki bozorda valutaga nisbatan talabning oşişi fonida sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişi tezlaşdi. Jumladan, 1 dollarning qiymati 1998 yilda 100 sömdan, 2000 yilda 300 sömdan, 2002 yilda 900 sömdan, 2006 yilda 1200 sömdan oşib ketadi. Şu tariqa, kurs özbek sömida 5 xonali raqam çegarasigaça kengayib ketdi.
Umuman olganda, dollar, yevro, funt kabi valutalar jahon moliya tizimining asosiy “qon tomiri” hisoblanadi va neft, oltin va boşqa asosiy resurslar savdosi şu valutalarda amalga oşiriladi. Bu Amerika yoki Yevropa puliga bölgan doimiy va ulkan global talabni yaratadi. Söm esa faqat Özbekiston içki bozorida va çeklangan doiradagi mintaqaviy savdolarda işlatiladi.
Şuningdek, valutaning qadri uning xarid qobiliyatiga boğliq. Inflatsiya qançalik yuqori bölsa, pulning qadri şunçalik tez tuşadi. Tarixan Özbekistonda inflatsiya darajasi baland bölib kelganini yuqorida ham ta’kidlab ötdik. Bu esa sömning içki xarid qobiliyati yemirilişiga olib keldi.
Boşqa davlatlar, masalan, Rossiya 1998 yilda 1000 eski rublni 1 yangi rublga, Turkiya 2005 yilda 1 million eski lirani 1 yangi liraga, Turkmaniston esa 2009 yilda 5000 eski manatni 1 yangi manatga almaştirdi. Aslida bu texnik jarayon bölib, butun pitssani 20 ta mayda bölakka kesiş örniga, kattaroq qilib 5 ta bölakka bölişga öxşaydi. Bu pitssaning, ya’ni iqtisodiyotning umumiy hajmini, valutaning real xarid qobiliyatini zarraça ham özgartirmaydi, şunçaki kundalik hisob-kitoblarni osonlaştiradi, xolos.
Valuta kursi nega özgaradi?
Nima sababdan dollarning sömga nisbatan narxi keça tuşib, bugun yana kötarilayotganini tuşuniş uçun tarozining talab va taklif pallalarini harakatga keltiradigan omillarga e’tibor qaratiş kerak böladi.
Bunda eng asosiy jihatlardan biri – eksport va import balansi. Agar mamlakat köp eksport qilsa, unga çet el valutasi, ya’ni dollar kirib kelişi ham oşadi. Masalan, Özbekiston har yili oltin, uran va mis kabi xomaşyo mahsulotlarini milliardlab dollarga sotadi. Bu pullar eksportçi kompaniyalar hisobiga valutada tuşadi. Lekin iş haqi, soliqlar va içki xarajatlar sömda amalga oşiriladi, şuning uçun eksportyorlar valutani içki bozorda sotadi, ya’ni dollarni sömga almaştiradi. Bu esa milliy valuta kursini mustahkamlaydi. Aksinça, agar mamlakat importni eksportdan köproq qilsa, valutaga bölgan talab taklifdan oşadi va söm qadrsizlanadi.
Ikkinçi muhim omil – investitsiyalar va davlatga bölgan işonç. Agar xorijiy investorlar mamlakatga pul olib kirib, işlab çiqariş faoliyatini boşlasa yoki aksiyalar, köçmas mulk sotib olsa, dollarni sömga almaştiradi va milliy valuta kursi rağbatlantiriladi. Agar ular aksinça, pullarini olib çiqib ketişga qaror qilsa, sömni sotib, dollarni qaytarib ola boşlaydi. Yorqin misol, 2022 yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga hujum qilişi fonida ğarb investorlari va kompaniyalari yuzlab milliard dollar kapitalni olib çiqib ketdi va rubl deyarli ikki barobar qadrsizlandi.
Özbekiston har yili jahon bozorlariga sotayotgan mahsulotlaridan köra sezilarli darajada köp hajmdagi va qiymatdagi tovarlarni xorijdan sotib oladi. Ya’ni mamlakatimiz doimi ravişda manfiy savdo balansiga ega (va bu aslo salbiy holat emas). Masalan, importning eksportdan köpligi 2022 yilda 11 mlrd dollarni, 2023 yilda 13,7 mlrd dollarni, 2024 yilda 12 mlrd dollarni, 2025 yilda esa 13,5 mlrd dollarni taşkil qilgan. Albatta, rivojlanayotgan, modernizatsiya bosqiçida bölgan iqtisodiyot uçun yangi texnologiyalar, işlab çiqariş zavodlari uçun dastgohlar va oğir uskunalar olib kiriş mutlaqo tabiiy va strategik jihatdan öta zarur jarayon hisoblanadi.
Xöş, mantiqan öylaydigan bölsak, Özbekiston har yili bir ön milliardlab dollar köproq xarajat qilayotgan ekan, yetişmayotgan xorijiy valuta qayerdan olinyapti? Nega dollarning narxi sömga nisbatan kosmik darajada ösib ketmayapti? Bunda eng asosiy qutqaruvçi faktor: mehnat migrantlari tomonidan yuborilayotgan pul ötkazmalari. 2025 yilda mamlakatga yuborilgan ötkazmalar miqdori 18,9 mlrd dollarni yoki butun YaIMning qariyb 13 foizini taşkil etdi. Millionlab vatandoşlar yuborayotgan pullarni ularning oila a’zolari qabul qilib olgaç, xorijiy valutani sömga ayirboşlaydi. Bu esa içki valuta bozorida qöşimça taklif yaratib, milliy valutaning keskin qadrsizlanib ketişini suğurtalab turadi.
Bundan taşqari, hukumat hamda davlat va xususiy kompaniyalar xorijiy moliya taşkilotlaridan katta miqdorda qarz jalb qilyapti. Bu körsatkiç 2025 yilda 17,7 mlrd dollarni taşkil etgan. Şuningdek, Özbekistonga kiritilayotgan töğridan töğri xorijiy investitsiyalar hajmi ham içki bozorda valuta taklifini yaratadi.
Qolaversa, valuta kursining barqarorligi bevosita Markaziy bank olib boradigan monetar siyosatga ham çambarças boğliq. Agar regulyator asosiy foiz stavkasini oşirişga qaror qilsa, aholi va tadbirkorlar uçun sömdagi mablağlarni bankda omonatga qöyiş daromadliligi oşadi. Bu esa xorijiy va mahalliy sarmoyadorlarni, oddiy fuqarolarni öz mablağlarini milliy valutada serdaromad tarzda saqlaşga undaydi. Natijada sömga bölgan içki talab ortib, uning qadri mustahkamlanadi.
Aksinça, stavkalar tuşirilsa, iqtisodiyotga pul köproq kiritiladi va inflyatsion bosim hamda dollarga talab ortişi mumkin.
Bundan taşqari, Markaziy bank bevosita valuta bozoriga töğridan töğri intervensiya qiliş, ya’ni kunlik birjada xorijiy valutani katta hajmda sotiş yoki sotib oliş operatsiyalari orqali ham kursning keskin, vahimali sakraşlarini yumşatiş imkoniyatiga ega.
Qadrli valuta: yaxşimi yoki yomon?
Saylovoldi kampaniyalari va prezidentlik yillarida Donald Tramp bitta gapni juda köp takrorlagan: “Kuçli dollar bizni öldiryapti!”
Sababi oddiy: dollar qançalik qimmat bölsa, Amerika tovarlarining ham taşqi bozordagi narxi mutanosib tarzda baland böladi. Bu esa xaridorlarning Xitoy yoki Yevropada işlab çiqarilgan mahsulotlarni tanlaşiga olib keladi.
Qimmat dollar Amerikaning savdo taqçilligini oşirib, sanoat kompaniyalariga öz zavodlarini arzon işçi kuçi va arzon valutasi bor davlatlarga köçirişga turtki böladi. Masalan, Xitoy – bu borada eng agressiv siyosat yurituvçi davlat. Ön yilliklar davomida Xitoy Xalq banki yuanning dollarga nisbatan bozor kursida erkin ösişiga sun’iy ravişda tösqinlik qilib keladi. AQŞ hukumatining “valuta manipulyatori” degan ayblovlariga qaramay, Pekin öz pozitsiyasini özgartirgani yöq. Çunki arzon yuan – Xitoy tovarlarining butun dunyoda raqobatbardoş bölişini ta’minlaydigan asosiy quroldir.
Tasavvur qiling, agar yuan erkin qöyib yuborilsa va uning qadri 20-30 foizga oşsa, peştaxtalarni töldirib turgan “Made in China” tovarlari ham avtomatik ravişda xuddi şunça foizga qimmatlaşadi. Bu Xitoy eksport maşinasini töxtatib qöyişi va millionlab odamlarning işsiz qolişiga olib kelişi mumkin.
Milliy valutaning qadri oşişi ba’zan ulkan muammoga aylanişi mumkinligiga eng yorqin misol – Yaponiya. 1985 yilda Nyu Yorkdagi “Plaza” mehmonxonasida AQŞ, Buyuk Britaniya, Ğarbiy Germaniya, Fransiya va Yaponiya moliya vazirlari töplanib, kelişuvga erişadi. Maqsad – dollarni qadrsizlantiriş böladi. Şundan keyin Yaponiya bilan hammasi teskari tomonga özgarib ketadi. Iyenaning dollarga nisbatan 2 barobargaça mustahkamlanişi tufayli Tokioning eksportga yönaltirilgan iqtisodiyoti jiddiy aziyat çekdi.
Öşanda Yaponiya hukumati içki talabni rağbatlantiriş uçun foiz stavkalarini pasaytiriş siyosatini boşlaydi. Bu esa köçmas mulk va aksiyalar bozorida pufak hosil bölişiga olib keladi. 1990 yillarga kelib, bu pufak yorildi va Yaponiya “Yöqotilgan ön yil” deb ataluvçi uzoq iqtisodiy turğunlik davriga kirdi. Şu bois köplab iqtisodçilar Yaponiya iqtisodiy muammolarining ildizini aynan “Plaza” kelişuviga boğlaşadi.
2025 yilda ham Özbekistonda heç kuzatilmaydigan holat yuz berdi: milliy valutamiz yil davomida dollarga nisbatan 6,9 foizga mustahkamlandi. Albatta, söm qadrining oşişi – mamlakat iqtisodiyotiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Ijobiy jihati – import arzonlaşadi, inflatsiya sekinlaşadi. Şuningdek, davlat qarzining qariyb 90 foizi çet el valutasida jalb qilingan – sömning mustahkamlanişi qarzlarga xizmat körsatiş xarajatlarini ham kamaytiradi.
Milliy valuta qadri oşişining salbiy jihatiga kelsak, bu holatda Özbekiston eksport tovarlarining taşqi bozorlardagi raqobatdoşligi kamayadi. Kuçsiz söm esa özbek mahsulotini xorijiy xaridorlar uçun arzonlaştiradi, çunki tannarx pasayadi.
Kurs özgarişini oldindan biliş mumkinmi?
Markaziy bank raisi iştirokidagi matbuot anjumanlarida jurnalistlar kurs istiqbolda qanday böladi, oşadimi yoki tuşadimi degan savolni köp beradi. Qisqa javob: valuta kursini kelajak uçun 100 foiz aniqlik bilan oldindan prognoz qilib bölmaydi. Valuta bozori dunyodagi eng yirik, eng likvid va eng murakkab moliyaviy tizim. Hatto yirik investitsion banklar va Nobel mukofoti sovrindorlari bölgan makroiqtisodçilar ham uzoq muddatli valuta prognozlarida tez-tez xatoga yöl qöyişadi.
Masalan, S&P xalqaro reyting agentligi özbek sömining dollarga nisbatan kursi 2025 yilning oxirida 13 600 sömga yetişini taxmin qilgandi, davlat budjeti parametrlarida ham kurs örtaça yillik 13 250 sömdan hisoblangandi, amalda esa dollar 12 000 sömgaça arzonlaşdi.
Buning asosiy sababi şundaki, valuta kursiga ta’sir qiluvçi omillar soni haddan taşqari köp va ularning aksariyatini matematik modelga kiritib bölmaydi. Şu sabab ham iqtisodçilar valutaning umumiy harakatlaniş trendini ehtimollik asosida taxmin qilişga harakat qilişadi.
Hamma bitta valutadan foydalansa bölmaydimi?
Tasavvur qilib köring, butun dunyo mamlakatlari kelişib, “Global” degan yagona valuta joriy qilişdi. Xuddi yevrohududga öxşab, dunyoning istalgan qismida bitta puldan foydalaniş mumkin. Bu hamma uçun qulay, şunday emasmi? Valuta ayirboşlaş xarajatlari yöqoladi: eksport va import bilan şuğullanadigan zavodlar, şuningdek, sayohatçilar kurslaridagi farqdan yutqazmaydi. Özbekistondagi maşina bilan Qozoğistondagi maşinaning narxini soliştiriş osonlaşadi. Heç qaysi davlatning valutasi “qadrsizlanib” ketmaydi, çunki hamma bitta pul işlatadi.
Lekin amaliyotda bunday qiliş juda qiyin va xavfli. Hozirda har bir davlatning öz Markaziy banki bor. Agar davlatda inqiroz boşlansa, regulyator foiz stavkalarini tuşiradi yoki bozorga köproq pul çiqarib, iqtisodiyotni rağbatlantiradi. Aksinça, inflatsiya oşib ketsa, foiz stavkalarini kötarib, pullarni “yiğiştirib oladi” va narxlarni tuşiradi.
Endi, butun dunyoda yagona Markaziy bank va bitta valuta bor deb olaylik. Xitoy iqtisodiyoti tez ösib, inflatsiya kuçayib ketdi. Ularga yuqori foiz stavkasi kerak. Şu vaqtda Braziliya iqtisodiyoti çuqur inqirozga yuz tutdi. Ularga esa past foiz stavkasi kerak. Global Markaziy bank nima qiladi? U hammaga birdek yoqadigan foiz stavkasini belgilay olmaydi. Bir davlatni qutqaraman deb, ikkinçisini botqoqqa botirib qöyişi heç gap emas.
Bundan taşqari, davlatlarning iqtisodiyoti turli narsalarga asoslanib qurilgan. Masalan, neft narxi keskin tuşib ketsa, Rossiya yoki Saudiya Arabistoni kabi eksportyor davlatlar iqtisodiyoti jiddiy zarar köradi. Bunday holatda milliy valuta qadrini tuşirib, zararni biroz yumşatiş imkoniyati bor. Agar yagona valuta bölsa, inqirozli vaziyatlarga munosabat bildiriş imkonsiz holatga kelib qoladi.
Şuningdek, budjet taqsimoti muammosi ham bor. Jumladan, Amerikaning hamma ştatida bitta valuta işlatiladi – dollar. Agar biror ştatda, masalan, Missisipida iqtisodiy muammo bölsa, federal hukumat Kaliforniyaga öxşaş boy ştatlardan olingan soliqlarni Missisipiga yordam sifatida jönatadi. Global miqyosda esa heç qaysi boy davlat kambağal davlatlardagi iqtisodiy inqirozlarni doimiy ravişda öz çöntagidan tölaşga rozi bölmaydi.
Iqtisodiyotlari bir-biriga juda öxşaş va har qanday şaroitda bir-biriga yordam berişga tayyor Yevroittifoqqa öxşaş hududlardagina yagona valuta işlaşi mumkin. Butun dunyo uçun esa bu – imkonsiz.