1 avgust kuni Toshkent shahrida oliy ta'lim muassasalarga kirish imtihonlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar soat 6:00dan soat 16:00ga qadar yopiladi.

Toshkent shahri IIBB yopiladigan ko‘chalar ro‘yxatini keltirgan:

Ko‘rgazma ko‘chasi Kichik halqa yo‘lidan Kor Xoji ota ko‘chasigacha;

Iftixor ko‘chasi Amir Temur ko‘chasidan Usta Shirin ko‘chasigacha;

Usta Shirin ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha;

Akmal Po‘lat ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha.