Quriliş-montaj işlari olib borilişi sababli 6-avgust soat 23:00 dan 10-avgust soat 08:00 gaça Kiçik halqa avtomobil yölining Bunyodkor şohköçasi bilan kesişmasidan Arnasoy köçasi bilan kesişmasigaça bölgan qismi transport harakati uçun vaqtinça yopiladi.

Avval uşbu yölning qarama-qarşi tomonida kapital ta’mirlaş va yangi asfalt qoplamasini yotqiziş işlari yakunlangan edi. Endilikda mazkur işlar yölning ikkinçi tomonida davom ettirilib, yuqori sifatli asfalt qoplamasi yotqiziladi.

Avtotransport vositalari oqimi qarama-qarşi tomonga yönaltiriladi va harakat xaritada yaşil rang bilan körsatilgan vaqtinçalik sxema asosida taşkil etiladi.

Tez tibbiy yordam xizmati transport vositalari uçun alohida vaqtinçalik harakat yönalişi taşkil etiladi.