Malayziya fuqarolik aviatsiyasi departamenti rahbari Azharuddin Abd Rahmon Hind okeani uzra ğoyib bölgan Malayziyaning Boeing-777 samolyoti böyiça yakuniy hisobot e'lon qilingaç, iste'foga çiqiş haqida ariza berdi. Bu haqda The Star gazetasi saytida xabar qilingan.
Rahbar öz iste'fosini tergov davomida nazoratçilar işida aniqlangan buzilişlar bilan boğladi, biroq hujjatda u rahbarlik qilayotgan departamentga nisbatan bevosita ayblovlar yöq.
«Komissiya hisoboti fuqarolik aviatsiyasi departamentiga MN370 reysining halokati uçun mas'uliyat yuklamasligiga qaramay, hisobotda Kuala-Lumpur aeroporti aviadispetçerlik xizmati işi bilan boğliq bir neçta aniq xulosa bor. U yerda havo harakatini nazorat qilişning standart jarayonlari dispetçerlar tomonidan buzilgani haqida söz yuritiladi», - deya ma'lum qilgan Abd Rahmon.
Ta'kidlanişiça, u seşanba kuni ertalab iste'foga çiqqan bölib, qaror 14 kundan keyin kuçga kiradi.








