Şu yilning 6 iyunida Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq tergov boşqarmasi boşliği Oleg Busiginga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
O.Busyginga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilib, u qidiruvga berilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasidan ma'lum qilişgan.
Xozirgi kunda mazkur jinoyat işi yuzasidan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Arxiv ma'lumotlariga köra, 2008 yilda Oleg Busigin «mamlakatimizning mudofaa salohiyatini yanada yuksaltiriş, yoşlarni milliy ğoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaşga qöşgan ulkan hissasi, huquq-tartibotni mustahkamlaş va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol iştiroki uçun» «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.
Manbalarning ta'kidlaşiça, Oleg Busigin ayni paytda Rossiya Federatsiyasi hududida yaşirinib yuribdi.
Jinoyat kodeksining 165 moddasi tovlamaçilik jinoyati hisoblanadi. Tovlamaçilik - jabrlanuvçi yoki uning yaqin kişilariga zörlik işlatiş, mulkka şikast yetkaziş yoki uni nobud qiliş yoxud jabrlanuvçi uçun sir saqlanişi lozim bölgan ma'lumotlarni oşkor qiliş bilan qörqitib özgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topşirişni, mulkiy manfaatlar berişni yoxud mulkiy yösindagi harakatlar sodir etişni talab qiliş yoxud jabrlanuvçini öz mulki yoki mulkka bölgan huquqini berişga majbur qiladigan şaroitga solib qöyiş.










