“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida abituriyentlarning öqişga kiriş imtihonlarida mikrokalkulyatorlardan maqsadli foydalanişi haqida petitsiya paydo böldi.
Abituriyentlar özining yoqtirgan yönalişlari böyiça oliygohlarga hujjat topşiradilar. Öqişga kiriş imtihonida har qanday vositalardan foydalanişning taqiqlanişi abituriyentlar oldida turgan vazifani qiyinlaştiradi. Barçamizga ma'lumki, imtihonlar matematika, kimyo, fizika, informatika kabi hisob-kitobga oid fanlarda savollarning darajasi şu qadar murakkabki, hattoki professor domlalarga ham qiyin bölib seziladi. Misol uçun, özingizni imtihon jarayonida deb tasavvur qilib, 22.4 ni 167 ga köpaytirib, çiqqan natijani 67.2 ga bölişni mikrokalkulyatorsiz hisoblab köring. Savolning javobini topgunça sezilarli köp vaqt ketadi. Bu oddiy bir savollardan biriga namuna xolos, deyiladi murojaatda.
Qayd etilişiça, mikrokalkulyator aloqa vositasi emas. Şu sababdan, dunyoning juda köplab davlatlarida, jumladan, Rossiya, Qozoğistonda, qolaversa, xalqaro fan olimpiadalarida mikrokalkulyatorlardan imtihonlarda va fan olimpiadalarida foydalanişga ruxsat berilgan.
“Şu sababdan, abituriyentlarning mikrokalkulyatorni davlat test sinovlariga olib kirişlariga va foydalanişiga ruxsat berilişini taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.









