O‘zbekiston | 11:15 / 31.07.2018
33282
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi mashinalar narxining oshib ketishiga munosabat bildirdi

Foto: Advantour

O‘zbekiston moliya vazirligi 1 avgustdan GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning narxi 14 foizga oshishi yuzasidan izoh berdi.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2018 yilning 1 yanvaridan davlat organlari, tashkilotlar va hukumat komissiyalarining mahsulot, xom ashyo va materiallarning (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bundan mustasno) cheklangan narxi, hajmini belgilash vakolati bekor qilingan.

«GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar ijtimoiy ahamiyatga ega hamda strategik tovar turlari ro‘yxatiga kiritilmagani bois ulanring narxi davlat tomonidan nazorat qilinmaydi.  Shunday qilib GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi moliya vazirligi yoki boshqa biror bir davlat organi tomonidan belgilanmaydi. GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan mahsulotiga uning tannarxi, ishlab chiqarish xarajatini ko‘tarishi va avtomobilga bo‘lgan talab kabi omillardan kelib chiqib narx qo‘yadi», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid