«Milan» va «Yuventus» klublarining futbolçilar almaşinuvi tafsilotlari ma'lum qilindi.

«Milan» Turin klubi hujumçisi Gonsalo Iguain transferi uçun jami  54 million yevro tölaydi – 3 mavsum ijarasi uçun 18 mln yevro va keyin sotib oliş uçun 36 mln yevro.

Argentinalik futbolçining Milan klubidagi yillik maoşi miqdori 9,5 million yevroni taşkil qiladi, 3 yil davomida 9,5 million yevroning 1 million yevrosini «Yuventus» tölaydi (Iguainning transfer huquqi 3 yil davomida «Yuve»da qoladi).

«Milan» himoyaçisi Leonardo Bonuççi va «Yuventus» himoyaçisi Mattia Kaldaraning har ikkisi klublar tomonidan 35 million yevroga baholangan hamda bu futbolçilar almaşinuvi qöşimça tölovlarsiz amalga oşadi.

Bonuççining yillik maoşi miqdori 5 million yevroga teng böladi, qöşimça bonuslar ham nazarda tutilgan. «Yuve»ga qaytiş uçun uşbu futbolçi maoşi miqdori 7,5 million yevrodan 5 million yevroga tuşişiga rozi bölgan. U bilan 5 yillik şartnoma imzolanadi.

Kaldara «Milan» bilan 5 yillik şartnoma tuzadi va yiliga 2 million yevro miqdorida maoş oladi.

Transferlar haqida bugun rasman e'lon qilinişi kutilmoqda.