31 iyul kuni Markaziy Afrika Respublikasida uç nafar rossiyalik öldirildi. Bular jurnalist Örxan Jamol, rejissyor Aleksandr Rastorguyev va operator Kirill Radçenko edi. Ular mingan maşina haydovçisi esa hujumdan omon qolgan.

Uşbu guruh Afrika davlatiga yollanma jangçilar xizmatini körsatadigan «Vagner» guruhi faoliyati böyiça film işlaş uçun borişgandi.

Dastlabki ma'lumotlarda ular talonçilik hujumi qurboniga aylangani aytildi, Rossiya TIV esa, bu hodisani «sayyohlarning xavfli hududda hujumga uçraşi» deb atadi va boşqa rossiyaliklarni MARga bormaslikka çaqirdi.

Jurnalist Viktor Şenderoviç esa öz blogida jurnalistlar ayni vaqtda Markaziy Afrika Respublikasida bölib turgan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin kişilaridan hisoblanuvçi milliarder Yevgeniy Prigojin tomonidan moliyalaştirilişi aytiladigan «Vagner» guruhi buyurtmasi bilan öldirilganini iddao qilmoqda.

«Demak, bu heç qanaqasiga talonçilik maqsadidagi qotillik emasdi: rossiyaliklar jurnalistlar maşinasi röparadan turib öqqa tutilgan. Qimmatbaho öljani qölga kiritmoqçi bölgan talonçilar bu öljani ehtiyot qilgan bölardilar.

Qotillik maqsadida tuzoq qöyilgan, qotillar aynan şu guruhga hujum qilinişi kerakligini bilişgan. Qotillarga jurnalistlarning harakatlaniş marşruti va qaysi vaqtda qayerda bölişi ayon edi. Bu yaxşi tayyorlangan qotillik edi.

Turbanlar va ularning arabça sözlaşi ahamiyatsiz, bu dalil qotillik buyurtma bölganini inkor eta olmaydi. Men hali aynan Örxon Jamol qotillik qurboniga aylanganiga alohida töxtalmayapman.

Balki, albatta, zör berib boşqa murakkabroq versiyalarni öylab topiş mumkindir, ammo eng sodda va ravşan versiya şu: jurnalistlar ölimi «Vagner» benefitsiarlari tomonidan buyurtma qilingan.

Motivlar ham aniq:

 — tekşiruvlarning oldini oliş (axir yollanma xizmat  – jinoiy harakat); 

 — muskullarni körsatib qöyiş (barçaga bundan keyingi şunday qadamlar qanday yakun topişini körsatib qöyiş).

Jamol, Rastorguyev va Radçenkoning qotilligini Tergov qömitasi tekşiradi — bu esa buyurtmaçilarning jazosiz qolişini töla kafolatlaydi. Tergov qömitasi bundan avval ham bundanda oşkora jinoyatlarni körib-körmaganga olgandi.