Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) isyonçi guruhlarning poytaxt Bangi şahriga hujum qilişi sababli favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda BBC News.
Hukumat vakilining sözlariga köra, rejim 15 kun amal qiladi va harbiylar sud sanksiyalarisiz hibsga olişlarni amalga oşirişlariga imkon beradi.
Mamlakat hududining uçdan ikki qismini nazorat qilayotgan isyonçilar poytaxtni qurşab olişgan. Armiya va BMT tinçlikparvar kuçlari uşbu hujumni töxtatişga urinmoqda. BMT boş kotibining maxsus vakili va MARdagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça missiya rahbari Manker Ndiayye mamlakatdagi xavfsizlik borasidagi vaziyat murakkab ekanligini aytdi.
Isyonçi guruhlar prezident Fosten Arkanj Tuaderaning qayta saylanişi qonuniyligiga qöşilmayapti. MAR hukumati esa öz navbatida sobiq davlat rahbari Fransua Bozizeni mamlakatda beqarorlik keltirib çiqarişda ayblamoqda.
27 dekabrda MARda prezident saylovi bölib ötdi. Bozizega saylovda qatnaşişga ruxsat berilmadi. BMT harbiylaşgan guruhlarni qöllab-quvvatlaşda ayblab, unga qarşi sanksiyalar joriy etgan. Tuadera davlat rahbari etib qayta saylandi..













