«Vagner»ning Suriyada tor-mor etilişi. Rossiya yöqotişlar izini qanday yaşirgan?
|00:30 / 08.02.201950 16513 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
2018 yilning fevral oyi boşida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining 100 nafarga yaqin rossiyalik harbiysi Suriyaning Deyr-az-Zor şahri yaqinida kurdlar nazoratidagi «Konoko» neft zaxiralariga hujum uyuştirilganida AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya kuçlari tomonidan qarşi olingaç, şafqatsiz jang vaqtida halok bölgan. Lekin Rossiya bu yöqotişlar haqidagi ma'lumotlarni rad etgan va rossiyalik harbiylarning ölimi töğrisida soxta ma'lumotlar tayyorlagan. Bu haqda Reuters agentligi tadqiqotida söz yuritiladi.
Grigoriy Gançerov va uning rafiqasi Suriyaga harbiy mutaxassis sifatida ketgan öğli Sergey bilan oxirgi marta 2018 yilning 4 fevralida gaplaşgan.
Keyinroq u öğlining jangçi örtoğidan 25 yoşda bölgan Sergey 7 fevral kuni Deyr-az-Zordagi jang vaqtida halok bölgani haqida xabar topgan.
Gançerovning ölimi töğrisida aprel oyi örtalarigaça rasmiy ma'lumot berilmagan. Marhumning jasadi qaytarilganida, uning ölimi haqidagi ma'lumotnomada u 7 mart kuni (aslidagidan bir oy vaqt keç) Suriyaning boşqa hududida halok bölgani aytilgan.
Gançerovning hikoyasi Reuters’ga ma'lum 6 hodisadan biridir. «Vagner guruhi» safida Deyr-az-Zorda jang qilib, halok bölgan boşqa jangçilar ham jangdan 7 hafta ötib, ularning ölimidan xabardor bölganlarning bildirişiça, xato ma'lumotlar qayd etilgan hujjatlar bilan vatanga qaytarilgan.
Yaqinlari, tanişlari va jangda iştirok etganlardan birining hikoya qilişiça, barça olti harbiy ötgan yilning 7 fevralidan 8 fevraliga ötar keçasi Deyr-az-Zor provinsiyasidagi jang vaqtida halok bölganlar orasida bölişgan.
Bu Suriyada halok bölganlarning jasadlarini qaytarişning odatiy amaliyotidan farq qiladi va bu 18 mart kungi prezidentlik saylovlari (Vladimir Putinning qayta saylanişi) arafasida jamoatçilikdan katta yöqotişlarni yaşirişga yordam bergan amaliyotdir.
Bu vaqtda Moskvada Suriyadagi harbiy amaliyotlar muvaffaqiyatli, yöqotişlar kam bölgan kampaniya sifatida taqdim qilingandi.
Bu voqealardan qariyb bir yil vaqt ötib ayon bölmoqdaki, Moskva uçun öşa vaqtda xorijdagi harbiy kampaniyalardagi yöqotişlar haqidagi ma'lumotlarni nazorat qiliş juda muhim bölgan (bu vaqtda ruslar Yaqin Şarq va Afrikadagi amaliyotlarini kengaytirayotgandi).
Reuters ma'lumotiga köra, Deyr-az-Zor yaqinida Rossiya va MDHning boşqa mamlakatlaridan bölgan 100 nafar atrofidagi yollanma harbiy halok bölgan. Rossiya Taşqi işlar vazirligi jiddiy yöqotişlar haqidagi ma'lumotni rad qilgan va bu jangda 5 nafar rossiyalik halok bölgani haqida ma'lumot mavjudligi, lekin bu ma'lumotni aniqlaştiriş zarurligini bildirgan.
Otasi Sergeyning safdoşiga asoslanib aytişiça, Sergey Gançerov va uning harbiy örtoqlari koalitsiya aviatsiyasi hujumi vaqtida bir-biriga yaqin joylaşgan holatda bölgan.
Gançerovning dösti jang vaqtida jarohatlangan, u jarohatlanganlarni Rossiyaga olib qaytayotgan samolyotdaligida Sergey Gançerov halok bölgani haqida xabar topgan.
Reuters muxbiri Gançerovning uşbu dösti bilan boğlana olmagan.
Otasi Sergey Gançerovning qabriga yoğoçdan xoç örnatgan va unga hujjatlardagi ma'lumot emas, Deyr-az-Zordagi jang sanasi qöyilgan.
Deyr-az-Zordagi jangga SSSR qulaganidan keyin AQŞ va Rossiya örtasida yuz bergan ilk yirik harbiy töqnaşuv sifatida qaraladi. Bu şuningdek, bu Suriyada rossiyalik harbiy mutaxassislar iştirokidagi eng yirik jang bölgandi.
Ammo Reuters aniqlagan 6 holatda ham qurbonlarning jasadlari Rossiyaga prezidentlik saylovlaridan keyin qaytarilgan. Suriyadagi rossiyalik amaldorlar tomonidan berilgan ölim haqidagi guvohnomalarda esa ölim sanasi sifatida fevral oyi oxiri yoki mart oyi boşi körsatilgan.
Halok bölgan jangçilarning yaqinlaridan esa yuz bergan hodisani oşkor etmaslik söralgan.
Kreml Gançerov va boşqa jangçilarning ölimiga izoh berişni istamagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa jangçilarning ölimi haqida xabar berişni keçiktiriş prezidentlik saylovlari bilan boğliqligi haqidagi ma'lumotlarni «notöğri ma'lumotlar» degan.
Peskov hujjatlardagi sanalar xatoligi haqidagi savolni «Kremlga beriladigan savol emas», deb atagan. U şuningdek, jangçilarning jasadlari qaytarilişi keçiktirilgani haqida heç narsa bilmasligini aytgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu boradagi savollarni oçiq qoldirgan.
Reuters ma'lumotiga köra, Suriyada öz ittifoqçisi Başar Asadni qöllaş uçun Rossiya xususiy harbiy mutaxassislardan maxfiy ravişda foydalanib keladi.
Yollanma jangçilardan tuzilgan «Vagner guruhi» nomli taşkilot esa Rossiya armiyasining Suriyadagi harbiy bazasidan, harbiy transportlari hamda harbiy gospitalidan foydalanadi. Rossiya Suriyaga xususiy harbiy mutaxassislarni yuborgani haqidagi ma'lumotlarni inkor etadi va u yerdagi harbiy xizmatçi bölmagan rossiyaliklarning barçasi köngillilar ekanini aytadi.
Peskov «Vagner guruhi» Suriyada rasmiy Moskvaning topşiriqlari böyiça jang olib borişi haqidagi ma'lumotni tasdiqlamasligini bildirgan.
Keng kölamli aviazarbalar
Ötgan yilning 7 fevralida Iroq bilan çegara hududidagi Deyr-az-Zor provinsiyasi, Haşam şahri yaqinida neft zaxiralari joylaşgan hududga «Vagner guruhi» jangçilari Suriya armiyasi jangçilari, boşqa hukumatparast kuçlar, mahalliy arab qabilalari vakillari (IŞID ovçilari nomli guruh), şia afğonlarining «Fotimiyun» guruhi hamda eronlik harbiylar bilan birgalikda hujum boşlaydi. Bu hududni biroz oldinroq AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Suriya kurdlari (Suriya demokratik kuçlari) IŞIDdan tortib olgandi.
Ba'zi manbalarga köra, bu hujum Rossiya boş ştabi bilan kelişilmagan holda, suriyalik neft magnatlaridan birining manfaati yölida uyuştirilgan. Yana bir variantga köra esa, bu hujum taşabbuskori kurdlardan norozi bölgan mahalliy arab qabilalari bölişgan.
Hujum qiluvçilar tarkibida tanklar guruhi ham bölgan, guruhlar minomyotlar, artilleriya va raketalar bilan qurollangandi.
500 nafarga yaqin jangçi iştirokida boşlangan hujumni AQŞ boşçiligidagi harbiy aviatsiya kutib olgan. Suriyadagi harakatlarini Rossiya bilan muvofiqlikda olib borgan koalitsiya Rossiyani hujum haqida ogohlantirgan, Rossiya bu hududda öz harbiylari yöqligini ma'lum qilgan. Amerikalik harbiylar quruqlikdagilarni AS-130 samolyotlari, F-15E qiruvçilari, B-52H strategik bombardimonçisi, MQ-9 rusumli harbiy dronlar va AN-64 harbiy vertolyotlari bilan 4 soat davomida öqqa tutgan. Oxirgi raketa zarbalari tongda çekinayotgan harbiylar ustiga berilgan.
Dastlabki ma'lumotlarda, artilleriya zarbalari va Harbiy-havo kuçlari hujumlari oqibatida Suriya hukumati tarafida uruşgan harbiylardan 100dan ortiq kişi halok bölgani, Suriya Demokratik kuçlarining esa atigi bir jangçisi yaralangani, amerikalik harbiylar orasida yöqotişlar bölmagani aytildi.
AQŞning öşa vaqtdagi Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis esa koalitsiya amerikalik harbiylar ham bölgan pozitsiyalarga qilingan hujumlarni qaytargani, «ruslarga bunday hujum nega kerak bölgani tuşunarsizligi» haqida ma'lumot yöqligi haqida gapirdi.
Rossiyada bu jang haqida ilk marta fevral oyi örtalarida ijtimoiy tarmoqlarda xabar berildi va dastlabki xabarlarda bu jangda 5-10 nafar rossiyalik halok bölgani aytildi. «Moskovskiy komsomolets» naşri bu jang natijasida 40dan ortiq kişi halok bölgani, 72 kişi jarohatlangani haqida yozdi, lekin qurbonlarning qançasi rossiyaliklar ekaniga aniqlik kiritilmadi. Köp ötmasdan Bloomberg agentligi qurbonlar soni yuzdan oşişi, önlab rossiyalik yollanma jangçilar halok bölgani töğrisida xabar tarqatdi.
Reuters ma'lumotiga köra esa, bu jangda kamida 100 kişi halok bölgan va 200dan ortiq kişi jarohatlangan. Anonim manba ma'lumotiga köra, 10 fevral kuni holatiga köra, ruslarning 4ta harbiy gospitalida 50dan ortiq harbiy joylaştirilgan. 9-12 fevral kunlari mobaynida Suriyadan Moskvaga kamida 3ta samolyotda jarohatlangan harbiylar olib kelingan.
2018 yilning aprelida öşa vaqtda AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi rahbari bölgan Mayk Pompeo (u hozirda AQŞ Davlat kotibi hisoblanadi) fevral oyi boşida Suriyada «bir neça yuz rossiyalik öldirilgani» haqida gapirdi.
«Bir neça hafta ilgari Suriyada rossiyaliklar munosib raqibga duç kelişdi va ulardan bir neça yuz kişi halok böldi», — degandi Pompeo öz nomzodi Davlat departamenti rahbarligi uçun ilgari surilgan Senat yiğilişi vaqtida.
Jangda iştirok etgan, pana joy topib omon qolganlardan birining aytişiça, u ikki dösti jasadini halok bölganlarning köpdan-köp jasadlari orasida körgan.
Keyinroq u bu döstlarining jasadi Rossiyaga juda keçiktirib yetkazilganidan xabar topgan. Unga ma'lum bölişiça, öşa kunlarda ijtimoiy tarmoqda Deyr-az-Zordagi jang haqida xabarlar tarqalgaç, jurnalistlar bir neça kun davomida Rostovdagi aeroportni (bu aeroport xususiy harbiy kampaniya uçun yuk ortiş va yuk tuşiriş punkti hisoblanadi) kuzatişgan.
«Birdaniga şunça jasadni olib keliş ilojsiz edi, ularni Rostovda jurnalistlar kutib turişardi», deydi uşbu jangçi.
U özining nomini oşkor etmaslikni söragan. Unga Suriyadagi topşiriq haqidagi ma'lumotlarni tarqatiş taqiqlanganini aytgan.
Fevral oyida Deyr-az-Zordagi jangdan keyin agentlik muxbirlari Rostovda bir neça kunni ötkazişgan, ular aeroportni va harbiy morgni kuzatişgan, ammo tobutlarni körişmagan.
Manbaning sözlariga köra, uning safdoşlaridan biri Anton Vajov rostovlik bölgan, hujjatlarda uning ölimi sifatida 21 mart kuni körsatilgan.
Ammo xizmatdoşi Vajovning jasadini 8 fevral kuni, aviazarbalar töxtab, jangdan keyin jasadlarni yiğiş jarayoni vaqtida jasadlar uçun qopda körganini aytadi.
«U qopda edi. Uning badani öq bilan tölgandi», degan manba va yuk maşinasida Vajov bilan birga yana önlab jasadlar ortilgan bölganini qöşimça qilgan.
Ta'qib qörquvi
Kirov oblastida ham uç jangçi qabri joylaşgan. Ularni taniganlarning aytişiça, ularning jasadlari oilasiga aprel oyi boşida qaytarilgan.
Deyr-az-Zor jangidan omon qolgan jangçilardan biri öz safdoşi Aleksandr Lusnikovning jasadini jang maydonidan olib çiqqanini aytadi. Ammo Lusnikovning ölimi haqidagi ma'lumotnomada u 1 mart kuni halok bölgani yozilgan.
Lusnikovning bevasining akasi Viktor Dumin ham kuyovi Deyr-az-Zordagi jangda halok bölgani haqida bu jangdan omon çiqqanlardan biridan eşitgan.
«Prezidentni saylaş vaqti edi, şu tufayli barçasi yaşirilgan», degan u Reuters muxbiriga Lusnikov kömilgan qabristonda.
Yana ikki qurbon - Aleksey Kalabuxov va Konstantin Danilogorskiy Kirovda yaşaşgan va özaro döst bölişgan. Ularning yaqinlari aytişiça, ikkisi ham Deyr-az-Zordagi jangdan keyin aloqaga çiqmay qöyişgan. Ularni rafiqalari qidirişgan, ammo topa olişmagan.
Ularning vafoti haqidagi rasmiy ma'lumotnomada 27 fevral sanasi körsatilgan. Ammo guvohlarning sözlariga köra, ular körsatilganidan 3 hafta muqaddam, Deyr-az-Zordagi jangda halok bölişgandi.
Rossiyaning ğarbiy qismidagi şaharlardan biridan bölgan yana bir jangçining akasi fevral oyi örtalarida «Vagner guruhi»ga aloqador tanişidan öz ukasi Deyr-az-Zordagi jangda halok bölganini bilgan. Ammo uning ölimi haqidagi ma'lumotnomada u mart oyi örtalarida halok bölgani körsatilgan.
Jangçining akasi özining va ukasining nomini keltirmaslikni söragan, u öz oilasi hayoti xavf ostida qolişidan çöçigan.
Ölim haqidagi ma'lumotnoma
Ötgan yil bahorida Suriyada halok bölganlarning jasadlari yuborilişi keçikişi va hujjatlardagi xato ma'lumotlar odatdagi tartibga xos emas. Undan avvalgi ikki yil davomida qurbonlar tez vaqt içida Rossiyaga qaytarilar, ularning ma'lumotnomalarida haqiqiy raqamlar körsatilar edi.
Suriyada halok bölgan rossiyaliklar ölimini qayd etiş bilan Rossiyaning Damaşqdagi konsulxonasi şuğullanadi. Ölim haqidagi har bir ma'lumotnomada tartib raqami bor, har yili raqamlaş boşidan boşlanadi.
Rossiya konsulxonasi ötgan yilning boşidan 8 aprelga qadar ölim haqidagi 60dan ortiq guvohnoma bergan. Ulardan kamida 33tasi 22 martdan 8 aprelgaça bölgan muddatda berilgan. Prezidentlik saylovlari esa 18 mart kuni ötkazilgandi.
Konsulxonadagilar bu statistika yuzasidan izoh berişni istamagan. Agentlik barça guvohnomalar Deyr-az-Zorda halok bölgan jangçilarga taalluqliligini tasdiqlata olmagan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi