Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
Foto: pochta.uz
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
1. Muqaddimadagi “2015 yil 10 apreldagi 87-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar “2018 yil 1 maydagi 318-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
2. 15-bandning beshinchi xatboshisidagi “va sport ishlari vazirligi” degan so‘zlar “vazirligi” degan suz bilan almashtirildi.
3. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan.
Mavzuga oid
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026
Oliy ta’limda yangi qoidalar: talabalar huquqi va tizim tartibi belgilandi
14:35 / 24.03.2026