Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilovning ma'lum qilişiça, agar osetin xalqi birlaşmasa, «u ruslar va ukrainlarning holiga tuşadi». Bu haqda u RIA «Novosti»’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Agar biz şunday qilmasak, juda qörqamanki, ruslar va ukrainlar bilan boğliq vaziyatga öxşaş holat yuz beradi. Ha, ularning barçasi slavyanlar, bir xalq, lekin nimalar sodir bölayotganini köryapmiz», - deya ma'lum qildi Bibilov. 

Uning taşviş bildirişiça, osetin xalqining şimoliy va janubiy qismi uzoq muddatli istiqbolda bir-biridan uzoqlaşib ketişi mumkin.

«Men 100-150 yildan söng «şimoliy osetinlar - ular umuman osetinlar emas», yoki ular «ha, janubiy osetinlarmi - ular osetin emas», degan gaplar aytilişi mumkin ekanidan juda qörqaman. Ertaga Osetiyaning qaysi qismi yuqori yoki past ekanligi haqida gaplar çiqişi mumkinligini ham juda qörqinçli», - deya aytib ötdi u.

Bibilovning sözlariga köra, agarda bu birlaşuv bölmasa, unda osetinlar «boşqa bölingan xalqlarning» xoliga tuşadi.