Markaziy Afrika Respublikasi hududida halok bölgan 3 nafar rossiyalik jurnalistning jasadlari Air France aviakompaniyasi samolyoti orqali Rossiyaga yetkazildi. Samolyot 5 avgustga ötar keçasi Moskvadagi Şeremetevo aeroportiga qöngan.

Rossiya Tergov qömitasi ma'lumotiga köra, ayni vaqtda jasadlar şaxsi aniqlanişi uçun sud-tibbiy ekspertizaga yöllangan.

Oçilgan jinoiy iş doirasida qurbonlarning oila a'zolari söroq qilinadi.

Jurnalist Örxon Jamol, rejissyor Aleksandr Rastorguyev va operator Kirill Radçenko 30 iyulga kuni Markaziy Afrika Respublikasi hududida qurolli hujum qurbonlari bölişdi. Uşbu guruh Afrikaga «Vagner» guruhi haqida hujjatli film oliş uçun borgandi.

Hozirça qotillik kim tomonidan sodir etilgani va hujum sabablari aniqlanmagan.