Ar-Riyod maslahatlaşib oliş uçun Saudiyaning Ottavadagi elçisini çaqirib oldi, deb xabar berdi Saudiya Arabistoni matbuot agentligi.
Bundan taşqari, qirollik TIV Kanada elçisini persona non-grata deb e'lon qildi va unga mamlakatni tark etiş uçun 24 soat muhlat berdi.
Şuningdek Saudiya Arabistoni Kanada bilan böladigan barça yangi savdo va investitsion ötkazmalarni muzlatib qöydi.
Payşanba kuni Kanada TIV rahbari Xristya Friland Saudiya Arabistonida bloger Raif Badaviyning singlisi, huquqşunos Samar Badaviyning hibsga olinganidan "judayam taşvişda" ekanligini bildirgan va ularni ozod qilişga çaqirgandi.
"Saudiya Arabistonining liberal tarmoği" internet sayti asosçisi Raif Badaviy 2012 yilda diniy ulamolar va qirollik diniy politsiyasini tanqid qilgani uçun hibsga olingandi. U şuningdek islom dinini tahqirlaş, kiberjinoyatlar va Saudiya Arabistonida jinoyat hisoblanuvçi otasiga böysunmaslikda ayblangan. Badaviy ön yillik qamoq jazosini ötamoqda.












