Respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarining törtinçi kuni –  4 avgust natijalari ma'lum böldi.

Test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda, 15ta oliy ta'lim muassasalarining 80ta ta'lim yönalişi böyiça ötkazildi.

Test sinovlarida 56 966 nafar abituriyent iştirok etdi.

Test sinovlariga 1 369 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 73 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratçilari sifatida 2 419 nafar öqituvçilar jalb etildi.

Davlat granti böyiça eng yuqori ötiş balli: 175,8 ball, Farğona politexnika institutining «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar böyiça)» ta'lim yönalişi;

Tölov-kontrakt böyiça eng yuqori ötiş bali: 147,6 ball, Özbekiston davlat jahon tillari universitetining «Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili» ta'lim yönalişi.

Örtaça ötiş bali:
davlat granti – 97,9 ball;
tölov-kontrakt – 80,5 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazi saytida soat 19.15da e'lon qilinadi.