2025-2026 öquv yili uçun oliy va professional ta’lim muassasalariga öqişga kiriş imtihonlari 14 iyuldan boşlanib 23 iyulgaça davom etişi ma’lum qilindi. Bilim va malakalarni baholaş agentligiga köra, test sinovlari 2 smenada bölib ötadi.
1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boşlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boşlanişidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelişlari talab etiladi.
Test sinovlarida iştirok etiş uçun onlayn röyxatdan ötgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilişi boşlangan. Agentlik imtihonda qatnaşuvçilardan özlariga tegişli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olişlarini hamda çop etib qöyişlarini söragan.
Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, körsatilgan sanada va smenada test sinovlarida iştirok etadi. Abituriyentlarga boşqa hudud, kun va smenada test sinovlarida iştirok etişga ruxsat etilmaydi.
Test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan keçikmagan holda keliş lozim. Pasport nusxasi yoki boşqa hujjatlar bilan kelgan, şuningdek, keçikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.












